Sifat kafolati va arzon narxlar
"Chemistry Invest" MCHJ Rossiya, Germaniya kabi yirik zavodlar bilan bevosita hamkorlik qiladi, shuningdek, Hindiston, Xitoy va Polshadan mahsulotlarni import qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish tizimi iste’molchilar uchun qulay narxlarni saqlash va kimyoviy moddalarning barqaror sifatini ta’minlash imkonini beradi.
Keng assortiment
Bizning omborlarimizda 20 000 dan ortiq turdagi import kimyoviy reaktivlar mavjud: kislotalar, erituvchilar, indikatorlar, elektrolitlar, ishqorlar, tuzlar va laboratoriya hamda sanoat sohalarida qo‘llaniladigan boshqa moddalar. Shuningdek, laboratoriya asbob-uskunalari va idish-tovoqlari ham mavjud.
Qulay qadoqlash
Mahsulotlarimizni turli hajmdagi shisha va polietilen idishlarga qadoqlaymiz. Mijozning idishiga qadoqlash imkoniyati ham mavjud. Tovarlar maxsus qutilar va yashiklarga joylanadi, bu esa tashish vaqtida yukning butunligini saqlab qolishga yordam beradi.
Yetkazib berish
Yetkazib berish konteynerlar, vagonlar yoki avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Buyurtma asosida – 5–10 kun ichida yetkaziladi.
Toshkent shahrida 100 kg dan ortiq yukni o‘zlab olib ketish (samovivoz) mumkin, viloyatlarga esa 1 palletdan boshlab yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Bizning jamoamiz
Kompaniyada o‘z ishiga mas’uliyatli, tajribali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ular har bir mijozga individual yondashuvni ta’minlab, buyurtmalarni tezkor komplektatsiya qiladi va mahsulotlar bo‘yicha professional maslahat beradi.
Ish prinsiplari
📍 Mahsulotlar bo‘yicha maslahatlar
📍 Hujjatlar (sertifikatlar, sifat pasportlari)
📍 Doimiy mijozlar uchun chegirmalar
📍 O‘zlab olib ketish va yetkazib berish
📍 Naqd pulsiz to‘lov shakli
Ko‘p tarmoqli kompaniya "Chemistry Invest"
"Chemistry Invest" MCHJ — laboratoriyalar, ilm-fan va sanoat uchun yechimlar yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi.
Bizning mahsulotlarimiz yetakchi korxonalarga, ilmiy-tadqiqot institutlariga, tibbiyot tashkilotlariga va zavodlarga yetkazib beriladi.
Kompaniya kimyoviy reaktivlar va laboratoriya uskunalari sohasida dunyoning eng yirik brendlarining rasmiy yetkazib beruvchisidir:
Merck, Sigma-Aldrich, Acros Organics, Scharlau, Thermo Fisher Scientific, Roth, IKA, Honeywell, Mettler Toledo, A&D, Bio-Techne (R&D, Tocris, Novus Biologicals), Macherey-Nagel, Liebherr, neoFroxx, Corning, Sartorius va boshqalar.
"Chemistry Invest" shuningdek, Rossiya va boshqa xorijiy hamkorlar bilan kimyoviy reaktivlar, farmatsevtik substansiyalar, uskunalar va sarf materiallarini yetkazib berish sohasida faol hamkorlik qiladi.
Kompleks yondashuv
Kompaniyaning asosiy ustunligi — laboratoriyalarni "tayyor holatda topshirish" tamoyili bo‘yicha to‘liq jihozlashdir: maslahat, loyihalash, tanlash, yetkazib berish va o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan keng dilerlik va distribyutorlik aloqalari tufayli biz mijozlarimizga zarur bo‘lgan barcha narsani bir joyda taqdim etamiz, bu esa ularning vaqtini va resurslarini tejaydi.
O‘zimizning logistika tarmog‘imiz kimyoviy va biologik mahsulotlarni muntazam yetkazib berishni, ularni tashish va saqlash qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish imkonini beradi, shu jumladan sovutilgan (muzlatilgan) rejimlarni ham o‘z ichiga oladi.
"Chemistry Invest" kompaniyasi texnologik mustaqillik va importni almashtirish bo‘yicha davlat dasturlarida faol ishtirok etib, ilmiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.